Neymar nega kechagi o'yinda yig'lab maydonni tark etdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 312

Frantsiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Neymar «Lion»ga qarshi o'yindan so'ng maydonni ko'z-yoshlar bilan tark etdi.
«Maydondagi ko'z-yoshlar og'riq, umidsizlik, qo'rquv, xavotir, operatsiya, hassa-tayoqlar va boshqa yomon xotiralardan kelib chiqdi. Bundan ham yomoni bo'lishi mumkin edi, biroq, Xudo meni jiddiyroq yomonlikdan saqladi. Imkon qadar tezroq maydonga qaytishni o'ylayapman!
Men yig'laydigan bola emasman, lekin shunchaki alam qildi. Men futbolni sevaman va muntazam ravishda o'ynashni xohlayman. Menimcha, mening barcha jarohatlarim raqiblarning qo'pol o'yinlari bilan bog'liq», — dedi Neymar.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182