Gazizov «Spartak»dan qancha miqdorda tovon pulishi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

Moskvaning "Spartak" klubi bosh direktorligidan haydalgan Shamil Gazizov shartnomasi bekor qilingani uchun qancha miqdorda tovon puli olishi ma'lum bo'ldi.
«RB-Sport» portalining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, 52 yoshli mutaxassis 100 million rublga yaqin kompensatsiya oladi. Ushbu summa Gazizovning «Spartak» bilan tuzilgan shartnomasida ko'rsatilgan.
Avvalroq, «Spartak» Gazizov bilan shartnomani muddatdan oldin bekor qilgani uchun 3 million evro to'lab berishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Gazizov "Spartak" klubining bosh direktorlik lavozimida shu yilning iyul oyidan ish boshlagandi va klub tizimida 5 oy faoliyat olib bordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
327