Futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilar ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 256

Frantsiyaning France Football nashri futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilarni ma'lum qildi.
Eng yaxshi markaziy yarim himoyachilar sifatida «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Xavi hamda Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Lotar Matteus topildi.
Qanot yarim himoyachilar sifatida esa «Napoli» va Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Diego Maradona va braziliyalik Pele topildi.
Qayd etish kerakki, France Football nashri 3-4-3 sxemasi ostida dunyoning eng yaxshi futbolchilarini aniqlab bormoqda. Ushbu so'rovnomalarda 140 nafar jurnalist ishtirok etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
293