Gvardiola: "Borussiya"ni hurmat qilaman, ular chiroyli o'yin namoyish etishadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 233

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola EChLning 1/8 final bosqichida ro'baro' keladigan Menxengladbaxning «Borussiya» klubiga haqida fikr bildirdi.
«Germaniyada ishlaganimda «Borussiya» uzoq yillik tarixga ega katta klub hisoblanishini bilgandim. Men ularni qattiq hurmat qilaman, ular chiroyli o'yin namoyish etishadi. «Borussiya» qiyin guruhdan pley-offga yo'l oldi.
Ularning to'sig'idan o'tishimiz uchun yaxshi sport formasiga ega bo'lishimiz kerak.
Hozir bor e'tiborimizni APLga qaratishimiz kerak. Ko'plab klublar evrokuboklarda ishtirok etdi, shuning uchun barcha klublar charchagandek ko'rinyapti, lekin endi hozir barcha klublar bir xil sharoitda bo'lishadi», - dedi ispaniyalik mutaxassis BBC bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
292