Lempard: "Atletiko" faqat qog'ozdagina noqulay raqib"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 221

Londonning«Chelsi» klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard EChLning 1/8 final bosqichida raqib bo'ladigan Madridning «Atletiko» klubi haqida fikr bildirdi.
«O'ylaymanki, ko'pchilik «Atletiko»ning kuchli ekanligini aytadi. Albatta, ularning ayni paytdagi sport formasini va evrokuboklardagi tajribasi sababli, kuchli raqib deyishlari mumkin. Lekin, EChL qur'asidagi istalgan raqib oddiy jamoa bo'lmaydi.
Biz o'zimizga ishonishimiz kerak. EChLda g'olib chiqish uchun bunday jamoalarni mag'lub etish kerak, tamom!
«Atletiko» La Ligada peshqadamlik qilmoqda, o'tgan mavsumda ular «Liverpul»ni EChLdan chiqarib yuborishdi, albatta, yaxshi jamoa. Ammo, «Atletiko» faqatgina qog'ozda noqulay raqib, bu aniq. Biroq, biz o'z ishimizni bajarishimiz va ularni mag'lub etishimizga ishonch hosil qilishimiz kerak», – dedi murabbiy.

Bosh sahifaga
322