"Atalanta" hujumchisi: "Klubdan ketganimdan keyin bor haqiqatni bilib olasiz"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

Italiyaning «Atalanta» klubi sardori Alexandro Gomes Bergamolik muxlislarga murojaat qildi.
«Qadrli muxlislar, men shu erdan yozishga qaror qildim, chunki, o'zimni himoya qilish yoki sizlar bilan gaplashish uchun menda boshqa yo'l yo'q. Sizlarga shuni aytishni xohlardimki, men klubdan ketganimdan keyin barcha haqiqatni bilib olasizlar. Sizlar meni qanday inson ekanligimni yaxshi bilasizlar. Sizlarning sevaman! Hurmat bilan sizlarning sardoringiz!», - deb post qoldirdir argentinalik hujumchi o'zining «Instagram»dagi rasmiy sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Gomes va jamoa bosh murabbiyi Jan Pero Gasperinilar o'rtasida anchadan beri ziddiyat bor. Argentinalik futbolchi qishki transfer bozorida jamoani tark etmoqchi.

Bosh sahifaga
320