Qishda "Inter"ni yana bir futbolchi tark etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225

Italiyaning «Inter» klubi yarim himoyachisi Ivan Pereshich qishki transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, xorvatiyalik futbolchi «Inter» murabbiyi Antonio Kontening ishonchiga kira olmadi. Qayd etilishicha, "Inter" bosh murabbiyi Perishichga ehtiyoj sezmayapti, shuning uchun «Inter» Perishich borasida tushadigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Joriy mavsum 31 yoshli Perishich A Seriyaning 11 ta uchrashuvida maydonga tushdi va bitta gol urib, uchta golga assistentlik qildi.
Uning «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Transfer narxi esa 15 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249