O'tish o'yini uchun qiziqish yuqori!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 228

Xabaringiz bor, Pro ligada 2-o'rinni egallagan “Neftchi” hamda Superliganing 13-jamoasi bo'lgan “Andijon” ishtirokidagi o'tish uchrashuvi 15 dekabr kuni “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi.
O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaevning xabar berishicha, ushbu o'yinni "Sport" va "Futbol" telekanallari namoyish qilishni rejalashtirmoqda.
"Superliga va Proliga o'rtasidagi o'tish o'yini ham ancha obro'li bo'lib qoldi (:
"Neftchi" — "Andijon" o'yinini ko'rsatish uchun ham Sport-TV, ham Futbol-TV Farg'onaga yo'lga chiqish arafasida turibdi. Bir uchrashuvning ikki telekanal tomonidan translyatsiya qilinishi biz uchun tarixiy voqea bo'ladi. O'zi qo'llasin", de yayozib qoldirdi Imomxo'jaev.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
214