Umarjon Sharipov «Turon» bilan bir yillik muddatga shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198

Xabaringiz bor, «Turon» Tojikiston terma jamoasi a'zosi, "Xatlon" klubi sardori Umarjon Sharipov bilan kelishuvga erishdi. 20 yoshli yarim himoyachi "Turon" bilan bir yillik muddatga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Umarjon Sharipov 2021 yilning 2-yanvar sanasidan jamoa safiga kelib qo'shiladi.
Ma'lumot uchun iqtidorli yarim himoyachi joriy mavsumda "Xatlon" klubi safida Tojikiston chempionatida ishtirok etib 5 bor raqiblari darvozasiga gol kiritishga muvaffaq bo'lgan. Sharipovning Tojikiston terma jamoasi safidagi debyuti O'zbekiston terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuviga to'g'ri kelgan.
"Turon" futbol klubi matbuot xizmati
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217