Ibrahimovich Shomurodovga qarshi o'ynaydimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 394

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli "Parma"ga qarshi o'yindan keyin "rossonerilar"ga Zlatan Ibrahimovich etishmayotganini ta'kidladi.
"Ha, Ibrasiz bizning o'yinimiz boshqacha. Zlatan bilan biz jarima maydonida havfliroq bo'lamiz, biroq bugun katta kuch bilan hujumlar qildik", – dedi Pioli.
Football Italia nashrining xabariga ko'ra, Ibrahimovich jarohatidan tiklanmoqda va "A" Seriyaning 12-turidan o'rin olgan "Jenoa"ga qarshi o'yingacha tayyor bo'ladi. So'nggi bor 39 yoshli forvard 22 noyabr kuni "Napoli"ga qarshi o'yinda maydonga tushgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217