"Milan" ustozi: "O'tkazib yuborilgan gollarda o'zimiz xatoga yo'l qo'ydik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 338

Italiyaning «Milan» klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriya doirasida «Parma» (2:2) klubiga qarshi o'yinda qayd etilgan durang haqida fikr bildirdi.
«Biz birinchi marta kerakli kayfiyatga ega bo'lmadik va juda sekin harakat qildik. «Parma» qarshi hujumlarda yaxshi harakat qildi. Biz hisobni ertaroq tenglashtirib olishimiz mumkin edi. Biroq, eng asosiysi jamoada ko'ngil va xohish bor, bu eng asosiysi.
Albatta, g'alaba qozonishni xohlagandik, vaziyatlarga ega bo'ldik. «Parma» darvozamiz tomon ikkita aniq zarba yo'lladi, lekin o'tkazib yuborilgan gollarda o'zimiz xatoga yo'l qo'ydik. Gabbi va Bennaserlarning jarohati sabab, tarkibimizda muammolar bor», – dedi Pioli.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224