"Lester" ustozi - uchinchi o'rin haqida: "Turnir jadvali shakllanishni boshladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 304

Angliyaning «Lester» klubi bosh murabbiyi Brendan Rojers APL doirasida «Brayton» (3:0) ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bugun haqiqiy sinov bo'lishini bilardik. Menga o'yin texnika nuqtai-nazardan yoqdi. «Brayton» yaxshi shakllangan jamoa. Ular bizni hayron qoldirishdi va 20-daqiqadan so'ng o'yin sxemasini o'zgartirishga majbur bo'ldik.
Agar yaxshiroq o'ynaganimizda yana 1-2 ta gol kiritardik. Umuman olganda o'yindan va qayd etilgan natijadan qoniqdim. Lekin hali ishlashimiz kerak bo'lgan ko'p narsalar bor.
Tarkibimizda ko'plab yosh futbolchilar o'ynamoqda va ular bilan ishlash yoqimli. Turnir jadvali shakllanishni boshladi», – dedi Rojers.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215