A seriya. Ernandesning gollari «Milan»ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281

Italiya chempionatining 11-turi doirasida «Milan» o'z maydonida «Parma»ni qabul qilib, katta qiyinchilik evaziga mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
Bahsning 13-daqiqasidayoq mehmonlar Ernani tomonidan urilgan gol evaziga oldinga chiqib olishdi. "Rossoneri" ketma-ket hujum tashkil qilgan bo'lsa-da, "Parma" 56-daqiqada hisobdagi farqni yana oshirdi.
Oradan 2 daqiqa o'tar-o'tmas Ernandes "Milan"ning birinchi javob to'piga mualliflik qildi. O'yin qo'shib berilgan daqiqalar boshlangan paytda yana o'sha Teoning zarbasi tufayli hisob tenglashdi.
Ushbu durang tufayli "Milan"ning ochkolari 27taga etdi. Pioli jamoasi endi ta'qibchidan 5 ochko emas, 3 ochko oldinda bormoqda.
Italiya A seriyasi, 13-tur
Milan – Parma 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 13 Ernani, 0:2 – 56 Kurtich, 1:2 – 58 Teo, 2:2 – 90 Teo.
Milan – Donnarumma, Romanoli, Kalabriya, Teo, Gabbiya (Kalulu, 5), Kessie, Chalxanoglu, Braim Dias (Xeuge, 46), Bennaser (Tonali, 75), Rebich, Kastilexo (Rafael Leau, 46).
Parma – Sepe, Galolo, Yakoponi, Osorio, Brunu Alvesh, Ernani (Byusi, 87), Kurtich (Zom, 74), Karamo (Sipren, 67), Brugman, Jervino, Kornelius (Ingleze, 67).
Ogohlantirishlar: Teo (35), Osorio (41), Yakoponi (64), Ingleze (76), Kalabriya (80), Kalulu (83).

Bosh sahifaga
278