"Liverpul" sardori: "APLda bunday qilish mumkinmas, aks holda raqib jazolaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 227

Angliyaning «Liverpul» klubi sardori Jordan Xenderson «Fulxem» (1:1) klubiga qarshi bo'lib o'tgan o'yin haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«O'yinning 30-daqiqasidan o'ynashni boshladik. Premer-ligada bunday qilish mumkin emas, aks holda raqib seni jazolaydi.
O'tkazib yuborilgan golga bo'lgan munosabatimiz o'z samarasini berdi. Goldan keyin o'yinimizni yanada kuchaytirdik va hisobda oldinga chiqib olishga harakat qildik. O'yinning boshida ko'rsatgan o'yinimizdan g'azablandim, ammo ko'rsatgan munosabatimizdan qoniqdim.
Tanaffus paytida Klopp bizga birinchi bo'limning so'nggida ko'rsatgan o'yinimizda ko'rsatishgan davom etishimiz kerakligini aytdi. Ikkinchi bo'limga bor kuchimizni tashladik, lekin raqib biz kamroq vaziyat yaratishimiz uchun etarlicha qarshilik ko'rsatdi. Uch ochkoni qo'lga kiritish uchun etarlicha kuch ega ekanligimizni his qilgandim», - dedi Xenderson BBC bilan suhbatda.

Bosh sahifaga
289