La Liga. "Real Sosedad" peshqadamga aylanib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 203

Ispaniya chempionatining 13-tur doirasida «Real Sosedad» San-Sebastyanda «Eybar» klubini qabul qildi. Uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Ushbu durangdan so'ng, "Real Sosedad" futbolchilari turnir jadvalining birinchi o'riniga chiqib olishdi. Ularning hisobida 26 ochko mavjud. "Atletiko" hisobida ham shuncha ochko bor, biroq, madridliklarning hisobida ikkita zahira o'yini turibdi.
"Real Sosedad" - "Eybar" 1:1 (1:0)
Gollar: Barrenechea, 20 - 1:0, Enrik, 65 - 1:1
"Real Sosedad": Remiro, Munos, Saldua, Le Norman, Sanyan (Subeldiya, 58), Barrenechea (Portu, 63), Gevara, Merkelans, Merino (Subimendi, 58), Lopes (Silva, 69), Isak (Bautista, 63).
"Eybar": Dmitrovich, Arbilya, Korrea (Inui, 46), Bigas (Rodriges, 42), Poso, Diop (Alvares, 76), Eksposito, Xil (Leon, 90+2), Burgos, Kike Garsiya, Muto (Enrik, 46).

Bosh sahifaga
250