«Barselona» prezidentligiga nomzod: «Agar Messi maoshining kamaytirilishiga rozi bo'lmasa, u klubda qolmaydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 183

«Barselona» klubi sobiq vitse-prezidenti, hozirda jamoa prezidentligi uchun o'z nomzodini qo'ygan Emili Ruso saylovda g'alaba qozonsa, jamoa etakchisi Lionel Messidan maoshning pasaytirilishiga rozi bo'lishini so'ramoqchi ekanini aytib o'tdi.
«Biz Messi bilan muzokara o'tkazib, undan maoshining kamaytirilishiga rozi bo'lishini so'rashimiz kerak bo'ladi. Ayni paytda bunday maoshlar jamg'armasi bilan klub yashab keta olmaydi. Messi klub tarixida yorqin sahifalar yozdi. Biz afsonalarni hamisha hurmat qilishimiz kerak, lekin real vaziyat shunday. Lioneldan shunday qarorga kelishini so'raymiz. Agar kelishuvga erisha olmasak, Messi jamoada qolmaydi», — dedi Ruso.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254