"Ayaks" hujumchisi qamoqqa olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241

Niderlandiyaning "Ayaks"da klubi hujumchisi Kvinsi Promes politsiya tomonidan 13 dekabr kuni ertalab jiddiy pichoq jarohatlariga aloqadorlikda gumon qilinib hibsga olingan, deb xabar bermoqda De Telegraaf.
Manbaning xabariga ko'ra, iyul oyi oxirida Promes bir ziyofat paytida oila a'zosi bilan janjallashayotgan bir inson bilan tortishib qolgan va go'yoki unga bir necha bor pichoq bilan jarohat etkazgan. Jabrlangan erkak bir oy oldin pichoqlangani haqida xabar bergan, shundan keyin tergov boshlanib, futbolchi hibsga olingan. Promes tan jarohati etkazganlikda gumon qilinmoqda. Agar aybdorning qilmishi isbotlanadigan bo'lsa, u holda futbolchini to'rt yillik qamoq jazosi kutmoqda.
Futbolchining hibsga olingani politsiya vakili Gelmer Girds tomonidan rasman tasdiqlangan. Promes ayni paytda qamoqda.

Bosh sahifaga
216