Belotti «Torino» safidagi 100-golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 198

Italiya chempionatining 11-turi doirasida «Torino» o'z uyida «Udineze»ni qabul qilib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Mezbonlarning gollaridan biri hujumchi Andrea Belotti hisobiga yozildi. 26 yoshli futbolchi uchun bu gol turinliklar safidagi barcha musobaqalar doirasida urgan 100-goli bo'ldi. Bu orqali Belotti «Torino» tarixida "yuzlik" dovonni bosib o'tgan sakkizinchi futbolchiga aylandi.
Belottining keyingi mo'ljali jamoa safida 103ta to'p kiritgan Valentino Matstsolaning natijasi bo'ladi. «Torino» tarixidagi eng yaxshi to'purar esa Paolo Pulichi hisoblanadi — 169 gol.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205