"Liverpul" yana bir futbolchisini 2 oyga yo'qotdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 257

Angliyaning «Liverpul» klubi futbolchisi Diogu Jota jarohat sababli 2 oyga safdan chiqdi, deya xabar tarqatmoqda Record.
Avvalroq, futbolchining tizzasida muammo yuzaga kelgani haqida aytilgandi, shu sababli, u bugun «Fulxem»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinni o'tkazib yuboradi.
Shuningdek, Portugaliya OAVsi futbolchining jarohati jiddiy ekanligini qo'shimcha qilmoqda va faqatgina fevral oyida maydonga tushishini aytmoqda.
Jota joriy mavsum barcha turnirlarda 17 ta uchrashuv o'tkazdi va raqiblar darvozasiga 9 ta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173