"Manchester Siti" Kulibali uchun qancha mablag' sarf qilishini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

Daily Mail nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, Italiyaning «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibaliga Angliyaning «Manchester Siti» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
«Shaharliklar» bosh murabbiyi Pep Gvardiola himoya markazini 29 yoshli senegallik futbolchi bilan kuchaytirish niyatida. Shu sababli, «shaharliklar» Kulibalining transferi uchun 95 million evro sarf qilishga tayyorligini bildirishdi.
Xabarda aytilishicha, «MYu» va «Liverpul» klublari ham senegallik himoyachi uchun nomzod sanaladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189