Benzema «Real» rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 356

"Real" hujumchisi Karim Benzema jamoa safidagi o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha legionerlar rekordini yangiladi.
"Atletiko"ga qarshi uchrashuv frantsiyalik futbolchi uchun "Qirollik klubi" futbolkasida o'tkazgan 528-bahs bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Karim braziliyalik himoyachi Roberto Karlosni (527) ortda qoldirdi.
32 yoshli Benzema 2009 yildan buyon "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu vaqt davomida u 257ta gol urdi va 138ta golga uzatma berdi. Uning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172