Artur Messi va Ronaldu haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 306

«Yuventus» a'zosi Artur Ronaldu va Messi darajasini solishtirib ko'rdi.
«Har ikkala futbolchi ham o'z chempionatlari chempioni hisoblanadi. Ular qaysidir ma'noda egizak. Ko'p jihatlari o'xshash. Agar bittasi mabodo 3 ta gol uradigan bo'lsa, ikkinchisi to'rtta ursam deydi. Ular bilan o'ynasang o'z-o'zidan motivatsiya olasan.
Lekin Ronaldu ko'proq shug'ullanadi. Uning lug'atida tanaffus degan so'z yo'q. U hech bir narsani o'zgarishsiz qoldirib ketolmaydi», - deydi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, Artur Turin klubiga aynan «Barselona»dan 72 millionga o'tgan. Hozircha u «zebralar» safida 12 bahsda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195