«Turon» Tojikiston terma jamoasi a'zosi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 290

Yangi mavsumdan O'zbekiston Superligasida ishtirok etadigan «Turon» qishki transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish maqsadida bir qator xaridlarni amalga oshirmoqda.
Yaqindagina U-18 va U-21 jamoalari tarkibiga bir qator yosh futbolchilarni sinovdan o'tkazgan klubimiz endilikda asosiy tarkib jamoasi safiga Tojikiston terma jamoasi a'zosi Umarjon Sharipovni qo'shib oldi.
Ma'lumot uchun, Umarjon Sharipov bugunga qadar Tojikiston terma jamoasi va "Xatlon" klubida faoliyat olib borgan. Ayni damda iqtidorli yarim himoyachi 20 yoshga to'ldi.
"Turon" futbol klubi Umarjon Sharipovga jamoadagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.
"Turon" futbol klubi matbuot xizmati.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191