Sulsher effekti! Pogba faoliyati davomidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4393

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba APL doirasidagi “Fulhem”ga qarshi o'yinda hisobni ochdi. (ikkinchi bo'lim 0:2)
Natijada bu 25 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi 10-goli bo'ldi. Shuningdek, u 8 ta golga assistentlik ham qilgan.
Sky Sports xabariga ko'ra, Pogba faoliyatida ilk marotaba bir mavsumda 10 ta gol urmoqda. Futbolchi “Yuventus” tarkibida 2 ta mavsumda 8 tadan gol urgan edi.
Ma'lumot uchun, Pogba Mourino qo'l ostida 14 ta o'yinda 3 ta gol urgan edi. Sulsher tayinlanganidan so'ng, 9 ta o'yinda 7 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210