Shota Arveladze: "Hakamlar doimo o'yinni to'g'ri boshqarishga harakat qilishadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

"Paxtakor" - "Qizilqum" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi (1:0) uchrashuvidan so'ng "sherlar" bosh murabbiyi Shota Arveladze ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
– Kubok o'yini doimo qiyin o'tgan. Chunki bu bosqich bitta bahsdan iborat va bitta xato qimmatga tushishi mumkin. Dastlabki bo'limda ba'zi imkoniyatlardan foydalana olmay, vaziyatni og'irlashtirdik. Umuman olganda g'alabaga munosib o'ynadik deya olaman. Taqvim tig'iz, shu sababli yigitlarga rahmat aytaman. O'yinni nazorat qildik. Raqibga nisbatan ko'p imkoniyat yaratdik. Keyingi bahs yarim finalda va qolgan bahslar natijalarini kutamiz.
Tanaffusda yigitlarga ko'p gapirmadim. Faqat tezroq harakat qilib, hissiyotlarga kamroq berilish kerakligini aytdim.
Hakamlar doimo o'yinni to'g'ri boshqarishga harakat qilishadi. O'yindan so'ng o'lardan uzr so'rayman, chunki o'yin vaqtida hissiyotlarga berilib ketaman. Raqib nima uchun e'tiroz bildirayotganini bilmayman, hammaning o'z qarashi bor. Bizni yigitlarga ham etarlicha sariq kartochka ko'rsatildi, ofsayd yo'q holatda qanot hakam bayrog'ini ko'tardi.
Manba: stadion.uz
Bosh sahifaga
164