Saloh APLdagi gollar soni bo'yicha Ronalduga etib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya premer-ligasidagi gollari soni bo'yicha Krishtianu Ronalduga etib oldi.
Misrlik futbolchining APLdagi gollari 84taga etdi. Ushbu natijaga erishish uchun Salohga 131ta o'yin kerak bo'lgan bo'lsa, portugaliyalik 196ta bahsda shuncha gol urgan.
Saloh 2017 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilmoqda. Bungacha u "Chelsi"da ham o'ynagan.
Ronaldu esa 2003-2009 yillarda "Manchester Yunayted" safida to'p tepgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
163