"Real" himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

Madridning «Real» klubi Portugaliyaning «Sporting» himoyachisi Nunu Mendesh bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda Goal España nashri xabar bermoqda. Futbolchining o'zi ham «qaymoqranglilar» safiga ko'chib o'tishga qarshi emasligini bildirdi.
"Real" rahbariyati Mendeshni Marseloga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Avvalroq «Sporting» Mendeshni 70 million evro evaziga sotishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqatilgandi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 12 million evro atrofida baholamoqda.
Shuningdek, Mendeshga «Manchester Yunayted» va «Milan» klublari ham nomzod bo'lib turishibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159