Klopp Oksleyd-Chemberlen haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Angliyaning "Liverpul" klubi futbolchisi Aleks Oksleyd-Chemberlen vanihoyat navbatdagi jarohatidan forig' bo'lib, jamoaning umumiy mashg'ulotlariga qaytdi. Futbolchi avgust oyida tizzasidan jarohat olgandi. Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp u haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Uning sifatini mashg'ulotlarda ko'rish mumkin. Oksleyd barchasini o'zgartirmoqda. Tezlik, texnika, ikki oyoqda ham bir xil o'yna, turli xil poziyatsiyalarda harakat qilish va gol kiritishlarni o'zgartirmoqda. Qachonki u maydonga tushsa, u holda bu biz uchun katta foyda bo'ladi.
Aminmanki, u o'zining yuqori sifatli o'yinini namoyish eta oladi», – Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Irish Times.
Oksleyd-Chemberlen o'tgan yilgi mavsumda "Liverpul"ning 43 ta uchrashuvida maydonga tushgandi, biroq, joriy mavsum jarohat sababli, bir marta ham maydonga tushmadi.

Bosh sahifaga
166