Diskvalifikatsiyaga uchragan Morata Shomurodov jamoasiga qarshi o'ynaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) ikki o'yinga chetlatilgan "Yuventus" hujumchisi Alvaro Morataning diskvalifikatsiyasi bitta o'yinga kamaytirilganini rasman e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, hujumchi A Seriya doirasida "Benevento" (1:1) klubiga qarshi uchrashuvda maydondan chetlatilgandi. O'shanda u uchrashuv yakunlanib borayotgan paytda hakamning sha'niga nomaqbul so'zlarni aytgani uchun qizil kartochkaga loyiq ko'rilib, maydondan chetlatilgandi.
Biroq, "keksa sinora" ushbu qaror borasida apellyatsiya berdi va diskvalifikatsiya bitta o'yinga kamaytirildi.
Shuningdek, Morata 8 ming evro moliyaviy jarima to'ladigan bo'ldi.
Shu tariqa, Morata 13 dekabr kuni hamyurtimiz Eldor Shomurodov to'p suradigan "Jenoa" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda maydonga tushish huquqini qo'lga kiritdi,

Bosh sahifaga
146