EChL guruh bosqichida eng ko'p ochko to'plagan ligalar ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 281

Transfermarkt portali Evropa Chempionlar Ligasi 2020/21 yilgi mavsumi guruh bosqichida eng ko'p ochko to'plagan ligalar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko'ra, Angliya Premer Ligasi klublari 52 ochko bilan etakchilik qilmoqda. APLning to'rt klubi guruh bosqichida 16 marta g'alabaga erishib, 4 martadan durang va mag'lubiyat qayd etgan.
Keyingi o'rinlardan Bundesliga (49) va La Liga (47) o'rin olgan. Kuchli beshlik ligalari sirasiga kiruvchi Frantsiya chempionati esa juda qoniqarsiz natija qayd etgan — 16 ochko. Joriy mavsum uchta klub bilan qatnashgan frantsuzlar guruh bosqichida bor-yo'g'i besh bor g'alaba qozongan, shularning to'rttasi PSJga tegishli.
Shuningdek, UEFA ligalari reytingida 7-o'rinda borayotgan Rossiya Premer Ligasi ham so'nggi yillardagi eng yomon natijasini qayd etgan. Ruslarning uchta klubi guruhda bir marta g'alabaga erishgan, xolos.
Quyidagi suratda to'liq reyting bilan tanishing:


Bosh sahifaga
168