Pogba o'z agentiga jiddiy talab qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 367

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba o'zining agenti Mino Rayolaga yangi jamoa topish borasida jiddiy talab qo'ydi. Bu haqda jurnalist Kristian Folk tvitter orqali xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, agar Rayola o'z vazifasini bajara olmasa, futbolchi u bilan hamkorlikni to'xtatmoqchi. Avvalroq agent Polning "MYu"dagi kelajagi hal bo'lganini, ya'ni u klubdan ketishini ma'lum qilgan edi.
«MYu» Pogbani 2016 yilda 105 million evro evaziga «Yuventus»dan xarid qilgan edi. 27 yoshli futbolchining mankunianliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt uni 80 mln evroga baholagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202