«Inter» qishda uch nafar futbolchisini sotmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 265

Italiyaning «Inter» klubi yanvar oyida o'zining uch nafar yarim himoyachisini sotishni rejalashtirayotgani haqida Calciomercato xabar bermoqda.
Qishki transfer bozorida jamoa tarkibini Radja Nainggolan, Matias Vesino va Kristian Eriksenlar tark etishi kutilmoqda. Ushbu futbolchilarning transferidan tushadigan mablag'lar himoya qo'rg'onini kuchaytirish uchun sarflanadi.
Avvalroq, «Inter» evrokuboklarda muvaffaqiyatsiz ishtirok etgani uchun 40 million evrodan ko'proq mablag' zarar qilgani haqida xabar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
154