Lempard Sulsherga qarshi fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard "Manchester Yunayted" ustozi Ole Gunnar Sulsherga qarshi fikrlarini bildirib o'tdi.
Xabaringiz bor, "Manchester Yunayted" rahbarlari Chempionlar Ligasidan ketganidan keyin ham Sulsherga ishochn bildirishda davom etishmoqda.
Lempardning so'zlariga ko'ra, norvegiyalik mutaxassis "Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi bo'lganligi va klubga futbolchi sifatida evrokuboklarda yuqori darajadagi g'alabalarga erishishiga yordam berganligi sababli, klub unga nisbatan alohida munosabatda bo'lmoqda. "Manchester Yunayted" rahbariyati Sulsherni himoya qiladi va unga Devid Moyes yoki Lui van Gaal kabi munosabatda bo'lishga shoshilmayapti.
Sulsher katta ishonchga ega, shuning uchun Ole o'z mavqei haqida ko'p tashvishlanmasligi kerak.

Bosh sahifaga
142