Evropa ligasi. Pley-off bosqichi qur'asi haqida batafsil ma'lumot
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 558

Evropa ligasi musobaqasining guruh bosqichi yakunlanib, pley-offga chiqqan jamoalar aniq bo'ldi. Evropa ligasidan 24ta klub, Chempionlar ligasidan 8ta jamoa o'z ishtirokini pley-off bosqichida davom ettiradi. 1/16 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 14 dekabr, dushanba kuni bo'lib o'tadi. Qur'a haqidagi foydali ma'lumotlar bilan tanishtirib o'tamiz.
Qur'adan avval jamoalar 2ta savatchaga ajratiladi. "Saralanganlar" savatchasidan Evropa ligasida guruh g'olibiga aylangan klublar hamda EChLdan o'tgan va UEFA reytingida yuqori o'rinni egallagan 4ta jamoa o'rin egallaydi.
"Saralanmaganlar" savatchasiga esa Evropa ligasi guruh bosqichida 2-o'rinni egallagan jamoalar hamda EChLdan o'tgan va UEFA reytingida pastki o'rinni egallagan 4ta jamoa joylashtiriladi.
"Saralanganlar"
"Roma" (Italiya)
"Arsenal" (Angliya)
"Bayer" (Germaniya)
"Reynjers" (Shotlandiya)
PSV (Niderlandiya)
"Napoli" (Italiya)
"Lester" (Angliya)
"Milan" (Italiya)
"Vilyarreal" (Ispaniya)
"Tottenxem" (Angliya)
"Dinamo Zagreb" (Xorvatiya)
"Xoffenxaym" (Germaniya)
"Ayaks" (Niderlandiya)*
"Bryugge" (Belgiya)*
"Manchester Yunayted" (Angliya)*
"Shaxtyor" (Ukraina)*
Izoh: * - EChLdan o'tgan klublar
"Saralanmaganlar"
"Yang Boyz" (Shveytsariya)
"Molde" (Shvetsiya)
"Slaviya" (Chexiya)
"Benfika" (Portugaliya)
"Granada" (Ispaniya)
"Real Sosedad" (Ispaniya)
"Braga" (Portugaliya)
"Lill" (Frantsiya)
"Makkabi" Tel-Aviv (Isroil)
"Antverpen" (Belgiya)
"Volfsberg" (Avstriya)
"Tsrvena Zvezda" (Serbiya)
"Krasnodar" (Rossiya)*
"Dinamo Kiev" (Ukraina)*
"Olimpiakos" (Gretsiya)*
"Zaltsburg" (Avstriya)*
Izoh: * - EChLdan o'tgan klublar
Qur'a tartibi
— Qur'ada barcha jamoalar 2ta savatchaga ajratib olinadi. "Saralanganlar" javob o'yinini o'z uyida o'tkazishadi.
— 1/16 final bosqichida Evropa ligasida bitta guruhda ishtirok etgan jamoalar va bir mamlakat klublari o'zaro to'qnash kelmaydi.
— Boshqa cheklovlar haqida qur'a paytida e'lon qilinadi.
O'yinlar taqvimi
1/16 finalning dastlabki o'yinlari 18 fevral, javob bahslari esa 25 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
200