Frantsiya superkubogi bahsi 13 yanvar kuni bo'lib o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 305

Frantsiya professional futbol ligasi rasmiy saytida Frantsiya superkubogi bahsi o'tadigan kun va stadionni e'lon qildi.
Uchrashuv 13 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Koronavirus bilan bog'liq vaziyat tufayli uchrashuv Frantsiyadan tashqarida o'tkazilmaydigan bo'ldi. O'yin Lans shahridagi «Bollar-Delelis» stadionida bo'lib o'tadi.
Mavsumdagi ilk sovrin uchun «PSJ» va «Marsel» klublari maydonga chiqishadi.
Eslatib o'tamiz, «PSJ» mavsum-2019/2020da ham chempionlik, ham mamlakat kubogini qo'lga kiritgan bo'lsa, "Marsel" Liga 1'da ikkinchi o'rinni band etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
161