Zelinskiy: «Natija juda muhim edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

«Napoli» futbolchisi Pyotr Zelinskiy jamoasi keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritgandan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Gol urish yoqimli, ayniqsa "Diego Armando Maradona"da birinchi golni ursang. Gol urganimdan ham ko'ra keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritganimizdan xursandman.
Ushbu stadion ilk o'yindan tarixiy voqeani shohidi bo'lgani ajoyib. Bu natija juda muhim edi. Murabbiy g'alaba qozona olmaganimizdan g'azablanmadi deb o'ylayman, chunki u pley-off masalasini hal qilganimizni bilardi», - deydi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, neapolliklar o'z guruhlarida birinchi o'rin bilan pley-offga yo'l olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159