Artera: "Guruhdagi barcha o'yinlarda g'alaba qozonish oson emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 318

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Evropa Ligasi guruh bosqich o'yinlarining barchasida g'alaba qozongani haqida fikr bildirdi.
"Arsenal" joriy mavsum evrokuboklarda guruh bosqichidagi barcha o'yinda g'alaba qozongan yagona klub sanaladi.
- Guruh bosqichi umuman olganda ijobiy o'tdi. Evropa Ligasidagi oltita o'yinda g'alaba qozonish hech qachon oson bo'lmaydi. O'ylaymanki, biz barqaror va yaxshi o'yin namoyish etdik.
- Evropa Ligasida bo'lgan ishonch Premer-ligaga ham oshadimi?
- Buni qilishimiz kerak. Zudlik bilan g'alaba qozonadigan o'yinlarni boshlashimiz kerak. Oxirgi olti-sakkiz haftada bo'lgan natijalarni takrorlay olmaysiz. Yakshanba kundan boshlab biz zudlik bilan vaziyatni o'zgartirishimiz kerak, - dedi Arteta.

Bosh sahifaga
217