Simeone va Suares o'rtasida ziddiyat yuzaga keldimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212

Evropa Chempionlar Ligasining "Zaltsburg" klubiga qarshi o'yinida Diego Simeone Luis Suares va Saulni zahiraga oldi. Ikki futbolchi ham uchrashuvning 64-daqiqada maydonni tark etishdi. Muxlislar noroziligini yashirmadi. Biroq, murabbiy va futbolchilar o'rtasida ziddiyat yo'q.
"Bu mantiqiy. Agar ketishim kerak bo'lsa, men ham juda g'azablanardim. Hamma 90 daqiqa o'ynashni xohlaydi. Zahiraga olingan futbolchi g'azablanishi odatiy. Men uchun hammasi tushunarli", - deya so'zlarini yakunladi murabbiy.
Shanba kuni "Atletiko" safarda "Real" bilan o'ynaydi. Jamoa La Ligada ishonchli tarzda etakchilik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217