"Valensiya"ning rossiyalik futbolchisi koronavirusdan forig' bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

Ispaniyaning "Valensiya" klubi yarim himoyachisi Denis Cherishev jamoaning umumiy mashg'ulotlaridagi ishtirokini boshladi.
Klub rasmiy saytining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, rossiyalik futbolchi 27 noyabrdan beri jamoaning mashg'ulotlarida ishtirok etmayotgandi. Chunki, u koronavirusga chalingani aytilgandi.
Joriy mavsum Cherishev jamoasining beshta uchrashuvida ishtirok etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217