"Bayer" futbolchisiga APLning to'rtta klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215

Germaniyaning "Bayer" klubi futbolchisi Leon Beyli faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Daily Maily nashrining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Everton" klubi skautlari futbolchining Evropa Ligasi doirasida Praganing "Slaviya" klubiga qarshi bo'lib o'tayotgan o'yinini kuzatishmoqda.
Beylining "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Qayd etilishicha, "Bayer" Beylining transferidan 40 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
221