«Inter» qancha miqdorda moliyaviy zarar ko'rgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 215

Milanliklar pley-off yo'llanmasini qo'ldan boy berishgach, nafaqat klub imiji nuqtayi nazaridan, balki moliyaviy taraflama ham chuqur iqtisodiy inqiroz yoqasida qolishmoqda. Endilikda ular har bir bosqichda qo'shib beriladigan qimmatli bonuslardan quruq qolishadi.
Hozircha klub guruh bosqichida ishtirok etgani uchun 50 millionga ega bo'lishgan. Agar ular pley-off masalasini ham hal qilishganda yana 9,5 million evro atrofida bonus ishlab topishi mumkin edi. Bundan tashqari UEFAda chorak final uchun 10,5; yarim final uchun 12 va finalchilar uchun 15 million evro miqdoridagi mablag' joriy etilgan.
Klub 18-19 yillar mobaynida Luchano Spaletti qo'l ostida har bir o'yin uchun 7,2 million evro atrofida ishlab topgan.
Bundan tashqari «Inter» mamlakatning TV huquqlaridan ham mahrum bo'ldi va endi ular shartnoma uchun raqobatda asosiy raqiblari «Yuventus», «Atalanta» va «Latsio»ni o'tkazib yuborishdi.

Bosh sahifaga
168