"Borussiya" Sanchoga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 346

Yarim himoyachi Jaydon Sancho Dortmundning "Borussiya"sini tark etishi mumkin.
Futbolchiga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Borussiya" Sanchoni o'z safida saqlab qolishga harakat qilmoqchi, ammo 100 million funtdan ortiq taklif tushsa, sotishni o'ylab ko'radi.
Dortmundliklar Sanchoning o'rnini bosadigan futbolchilarni qidirishni boshladi. Ro'yxatda birinchi o'rinda PSV forvardi Doniel Malen turibdi. U jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lib, barcha musobaqalarda 18 uchrashuvda 12 gol urgan.
Malenning transfer bozoridagi narxi 25 million evroni tashkil qiladi. Uning PSV bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
251