Matvienko: «Rahmat senga, Lukaku»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

EChL guruh bosqichi 6-turi doirasida «Inter» hamda «Shaxtyor» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmaganidan xabaringiz bor (0:0). O'yindan so'ng mehmonlar a'zosi Nikolay Matvienko o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«G'alaba har ikki jamoaga ham suv va havodek zarur edi. O'yinda biz ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ldik deb o'ylayman, biroq ularni ko'kka sovurib yubordik. Bu natija bizni to'liq qoniqtiradi, 6 ta tur davomida grand jamoalarga munosib qarshilik ko'rsatdik va biz Evropa Ligasida o'ynashga arziymiz. "Inter" uchrashuv yakunida ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lgandi. Lekin Romelu bularni yo'qqa chiqardi. - Keyingi bosqichga bizni olib chiqqaning uchun rahmat senga Lukaku», - deydi futbolchi.
Ma'lumot uchun donetskliklar yakunda 8 ochko bilan Evropa ligasida o'ynash huquqini qo'lga kiritdi.

Bosh sahifaga
229