«MYu» Sulsherni iste'foga chiqarmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

«Manchester Yunayted» Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichidan chiqa olmagan bo'lsa-da, bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher iste'foga chiqarilmaydi.
"The Guardian" tarqatgan xabarga ko'ra, klub rahbariyati norvegiyalik mutaxassisga ishonch bildirishda davom etadi. Rahbariyat klubning Angliya premer-ligasi va boshqa musobaqalarda g'oliblik uchun kurashishda davom etishiga ishonmoqda.
Boz ustiga, murabbiyni iste'foga chiqarib, jamoani qaytadan qurish to'g'ri qaror emasligini klub tushinib turibdi. Sulsher jamoaga kerakli xarakter berdi, yoshlar va tajribali futbolchilar uyg'unligini yuzaga keltira oldi, deya hisoblamoqda "MYu".
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216