UEFA Chempionlar ligasida «wild card» yo'llanmasini joriy qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 345

UEFA 2024 yildan boshlab Chempionlar ligasi formatiga o'zgartirish kiritmoqchi. Rejaga ko'ra, musobaqaning guruh bosqichidagi ishtirokchilar soni 36ta jamoaga etkaziladi.
UEFA yangi formatni Evropa klublar assotsiatsiyasi bilan birgalikda ishlab chiqmoqda. Bunda birinchi navbatda Evropaning top-klublari manfaatlari inobatga olinmoqda. Bu orqali tashkilot yuzaga kelishi mumkin bo'lgan Evropa superligasi musobaqasining oldini olmoqchi.
"The Sun" tarqatgan xabarga ko'ra, Angliya, Germaniya, Ispaniya va Italiyaning 4tadan klublari to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida ishtirok etadi. Reytingda quyi o'rinlarni egallagan mamlakatlarga esa 2-3tadan o'rin ajratiladi. Shuningdek, saralash bosqichi orqali guruh bosqichi uchun yo'llanmalar o'ynaladi.
Shuningdek, guruh bosqichi uchun 2ta «wild card» yo'llanmasi ajratiladi. Ushbu yo'llanma o'z milliy chempionati orqali EChL yo'llanmasiga ega bo'lmagan, ammo UEFA reytingida yuqori pog'onalarni egallab turgan top-klublarga beriladi.
Manbaga ko'ra, ushbu yangi qoida Angliya klublarining EChLdagi ishtirokchilari sonini 6tagacha oshirishga yordam berishi mumkin. Masalan, joriy mavsumda ushbu 2ta o'ringa "Arsenal" va "Roma" ega chiqqan bo'lardi.

Bosh sahifaga
179