AGMK futbolchilarining Superliga 2020 yilgi mavsumidagi statistikasi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 576

Joriy mavsum chempionat doirasida AGMK safida jami 25 nafar futbolchi maydonga tushdi. 15 nafar futbolchi raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Jamoa to'purari 7ta gol kiritgan Elguja Grigalashvili bo'ldi. Shuningdek, yana 17 futbolchi golli uzatmalarni amalga oshirdi. Murod Toshmatov jamoaning eng yaxshi assistentiga aylandi - 6 golli uzatma.
Zafar Polvonov va Sanjar Tursunov 26 uchrashuvning 25tasida maydonga tushishdi. Eng ko'p daqiqa (2138) maydonda harakat qilgan futbolchi Yovan Jokich bo'ldi. Eng kam daqiqa (4) Sardor Abdunabievga tegishli.
AGMK safida joriy mavsum 19 nafar futbolchi ogohlantirildi va 3 futbolchi (Jokich, Jo'raev, Rahmatov) maydondan chetlatildi. Eng ko'p sariq kartochkaga (6) loyiq ko'rilgan futbolchi Bobur Yo'ldoshev bo'ldi. Polvonov, Erkinov, Umarov, Rahimov, Abdulov va Abdunabiev ogohlantirishsiz mavsumni o'tkazdi.
Quyida AGMK futbolchilarining to'liq statistikasi bilan tanishing:


Bosh sahifaga
192