Shahboz Umarov faoliyatini BATEda davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 297

2020 yilgi mavsumni Belarusning "Energetik-BGU" klubida o'tkazgan yarim himoyachi Shahboz Umarov kelasi mavsumni BATEda o'tkazadi.
Yozgi transfer paytida Shahboz borisovliklar bilan shartnoma imzolagan edi, ammo "talabalar" safida ijara asosida o'ynashda davom etdi. BATE Umarovning transferi uchun 20 ming dollar to'ladi.
O'zbekistonlik futbolchi "Energetik-BGU" safida yakunlangan mavsumda 30ta o'yinda maydonga tushib, ularda 4ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.
BATE Belarus chempionatini 2-o'rinda yakunladi. Shu bois, jamoa kelasi mavsumda Evropa ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216