Konte EChLning so'nggi 15 ta o'yinida 3 marta g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420

Italiyaning «Inter» klubi EChLning 6-turida Donetskning «Shaxtyor» klubi bilan 0:0 hisobida durang natijaga erishdi.
«Neradzurrilar» bosh murabbiyi Antonio Konte Evropa Chempionlari Ligasining so'nggi 15 ta uchrashuvida ("Chelsi"da ishlagan payti ham inobatga olingan - tahririyat) atigi uch marta g'alaba qozondi, 6 ta uchrashuvda durang o'ynab, yana oltita o'yinda imkoniyatni boy berdi.
Shuningdek, Konte «Yuventus»da ishlagan paytida EChLda 34 ta uchrashuvi o'tkazib, 12 ta g'alaba, 11 ta durang va 11 ta mag'lubiyat natijasini qayd etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
179