EChL. «Manchester Siti» va «Portu»dan navbatdagi g'alabalar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 704

Evropa chempionlar ligasi "C" guruhida «Manchester Siti» va «Portu» klublari nimchorak final bosqichi yo'llanmasini muddatidan avval qo'lga kiritib bo'lishgandi. Ular so'nggi turda ham ishonchli g'alabalarni qo'lga kiritishdi.
"Shaharliklar" o'z uylarida "Marsel"ga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi — 3:0. Natijada "Siti" guruh bosqichida 16 ochko jamg'ardi.
"Portu" esa Gretsiyada "Olimpiakos"ni 2:0 hisobida mag'lub etib, o'z ochkolarini 13taga etkazdi.
Evropa ligasiga esa "Olimpiakos" klubi yo'l oldi.
Evropa chempionlar ligasi,
"C" guruhi, 6-tur
Manchester Siti Angliya – Marsel Frantsiya 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 48 Ferran Torres, 2:0 – 77 Aguero, 3:0 – 90 Sterling.
Manchester Siti – Steffen, Erik Garsiya (Stounz, 28), Uoker, Laport, Ake, Fernandino, Gyundogan (Sterling, 46), Marez (Aguero, 67), Foden, Ferran Torres, Bernardu Silva.
Marsel – Mandanda, Alvaro Gonsales, Nagatomo, Balerdi, Kamara (Ronje, 67), Payet (Kyuizans, 67), Guye (Strotman, 75), Toven (Ake, 75), Sanson, Sakai, Jermen (Benedetto, 75).
Ogohlantirish: Guye (39).
Olimpiakos Gretsiya – Portu Portugaliya 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 10, penalti Otavio, 0:2 – 77 Uribe.
Olimpiakos – Joze Sa, Rafinya, Xolebas, Ruben Semedu, Sisse, Buxalakis, Kamara (Fortunis, 35), Masuras (Randjelovich, 46), Mvila, Vrusay (Sudani, 73), El-Arabi (Ba, 81).
Portu – Diogu Koshta, Sanusi, Nanu, Mbemba, Diogu Leyte, Gruyich, Romariu Baro (Uribe, 64), Joau Mariu (Korona, 72), Otavio (Sarr, 80), Felipe Anderson (Dias, 63), Toni Martines (Evanilson, 80).
Ogohlantirishlar: Nanu (27), Fortunis (43), Ruben Semedu (52), Rafinya (71), Dias (75).
Chetlatish: Ruben Semedu (79).

Bosh sahifaga
144