Di Mariya Chempionlar ligasidagi assistlar soni bo'yicha 3-o'ringa ko'tarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 766

Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining so'nggi turida «PSJ» o'z maydonida «Istanbul»ni qabul qilib, 5:1 hisobida g'alaba qozondi.
Parijliklar yarim himoyachisi Anxel Di Mariya mazkur o'yinda ikkita golga uzatma berdi. Shu tariqa, argentinalik futbolchining EChLdagi assistlari soni 32taga etdi.
Mazkur ko'rsatkich bo'yicha Di Mariya «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Rayan Giggzni (31) ortda qoldirib, uchinchi pog'onaga ko'tarilib oldi. «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldu (41) va «Barselona» sardori Lionel Messi (36) yuqori pog'onalarini egallab turishibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
138